19:55 / 02.06.2024
182

Eronda ayol prezidentlikka nomzodini qo‘ydi

Eronda ayol prezidentlikka nomzodini qo‘ydi
Foto: AP Photo
Eronda sobiq deputat Zuhra Ilohiyon navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olingan birinchi ayol bo‘ldi. Bu haqda Al-Mayadeen xabar berdi.

U mamlakat yutuqlaridan g‘ururlanishini ta’kidlab, yoshlar salohiyatini ishga soluvchi, siyosiy va ijtimoiy erkinliklarni qadrlaydigan boshqaruvning yangi versiyasini joriy etishga va’da bermoqda.

Hukumatimning shiori — sog‘lom hukumat, sog‘lom iqtisodiyot va sog‘lom jamiyat”, — deydi ayol nomzod.

Saylovga Eronning bir qancha taniqli siyosiy arboblari ham nomzodini qo‘ygan. Ular orasida parlament sobiq rahbari Ali Larijoniy, Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashining sobiq rahbari Said Jaliliy ham bor. Jaliliy tashqi siyosat, xususan, G‘arb va AQSH bilan muzokaralar va aloqalarga doir qat’iy pozitsiyasi bilan tanilgan.

Bundan tashqari Eron sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod ham prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olingan. U qashshoqlikka qarshi kurash va aholi farovonligini oshirishni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri deb atadi. Ahmadinajod 2005 yildan 2013 yilgacha prezident bo‘lgan. Uning 2009 yildagi bahsli qayta saylanishi butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli noroziliklarga sabab bo‘lgan, o‘nlab odamlar o‘ldirilgan va minglab odamlar hibsga olingan.

2017 va 2021 yillarda Ahmadinajodga saylovlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. O‘n ikki islomiy ulamo va huquqshunosdan iborat “Konstitutsiyani qo‘riqlash kengashi” deb ataluvchi tashkilot shunday qarorga kelgandi.

30 may kuni Eronda prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi. U 3 iyungacha davom etadi. Ishtirokchilarning yakuniy ro‘yxati 11 iyun kuni e’lon qilinadi. Muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28 iyunga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat natijasida vafot etdi. Mamlakat shimoli-g‘arbida Eron prezidenti va tashqi ishlar vaziri bo‘lgan vertolyot halokatga uchragandi.

Kuchli tuman va tog‘li hudud tufayli halokatga uchragan vertolyotni qidirish 10 soatdan ortiq davom etgan. Mutaxassislar fikricha, falokat texnik nosozlik yoki inson omili tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Raisiy vafoti munosabati bilan Eronda besh kunlik motam e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda ayol prezidentlikka nomzodini qo‘ydi
ePN