21:24 / 02.06.2024
319

Mediamagnat Rupert Merdok 93 yoshida Abramovichning sobiq qaynonasiga uylandi

Mediamagnat Rupert Merdok 93 yoshida Abramovichning sobiq qaynonasiga uylandi
Foto: The Sun
Amerikalik milliarder va mediamagnat Rupert Merdok rossiyalik milliarder Roman Abramovichning sobiq qaynonasi Yelena Jukovaga uylandi. Bu haqda mediamagnatga tegishli The Sun nashri xabar berdi.

Marosim Kaliforniyadagi Merdokka tegishli uzumzorda bo‘lib o‘tgan. To‘yda juftliklarning yaqinlari ishtirok etgan. Mart oyida Merdok 93 yoshni qarshilagandi, bu uning beshinchi nikohi. 2022 yil iyun oyida u olti yil birgalikda yashagan 66 yoshli model Jerri Xoll bilan ajrashgandi.

2023 yilning mart oyida Merdok biznesmen va musiqachi Chester Smitning 66 yoshli bevasi Enn-Lesli Smit bilan oila qurishi haqida xabar tarqaldi. Biroq ommaviy axborot vositalari 2023 yilning yozidan boshlab Merdok rossiyalik milliarder Roman Abramovichning sobiq qaynonasi, 67 yoshli mikrobiolog Yelena Jukova bilan munosabatlarga kirishganini e’lon qildi.

Foto: The Sun
Olti farzand otasi Merdok 1979 yilda The New York Post, The Wall Street Journal, Times va The Sun gazetalarini o‘z ichiga olgan News Corporation xoldingiga asos solgan. Milliarder, shuningdek, Fox News telekanali va 20th Century Fox, qator sun’iy yo‘ldosh operatorlari va Dow Jones agentligiga egalik qiladi.

Noyabr oyida Rupert Merdok Fox korporatsiyasi raisi va News Corp ijrochi raisi lavozimlarini tark etib, boshqaruvni o‘g‘li Laxlanga topshirgandi. Forbes nashrining dunyoning eng boy milliarderlari reytingida Merdok 19,9 milliard dollar boyligi bilan 94-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mediamagnat Rupert Merdok 93 yoshida Abramovichning sobiq qaynonasiga uylandi
ePN