
Qozog‘iston Milliy statistika byurosi mamlakat aholisi bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Statistik ma’lumotlariga asosan 1 may holatiga ko‘ra, Qozog‘iston aholisi 20 million 118 ming 478 kishini tashkil etgan. Shaharda istiqomat qiluvchilar — 12 million 533 ming 471 kishini, qishloq aholisi esa 7 million 585 ming 007 kishini tashkil etmoqda.
2024 yil boshidan buyon aholining umumiy o‘sishi 84 ming 636 nafarni tashkil qilgan. Aholi eng zich joylashgan uchta hududga quyidagilar kiradi:
Olmaota shahri— 2 249 370 kishi,
Turkiston viloyati — 2 147 234 kishi,
Olmaota viloyati — 1 540 567 kishi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston aholisi 2024 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 20 095 963 kishini tashkil etgandi. Taqqoslash uchun shu davrda O‘zbekiston aholisi soni 36 million 963 ming kishidan oshgan. Shundan erkaklar 18,6 million, ayollar soni 18,3 million nafardir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar