Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg iqtisodiy forumi doirasida dunyo agentliklari bilan suhbat o‘tkazdi. Ukraina urushi intervyuda bosh mavzulardan biri bo‘ldi.
Putinning aytishicha, Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari Ukrainanikidan bir necha baravar kamroqdir. RF rahbari Ukraina so‘nggi oyda 50 mingdan oshiq askar yo‘qotganini iddao qilgan.
Ukraina asirligida 1348 nafar rossiyalik, Rossiya asirligida esa 6465 nafar ukrainalik askar bor, deydi u. Shuningdek, urush boshidan beri 30 rossiyalik jurnalist urushda o‘lgan.
Putin nega rossiyalik harbiylar orasida yo‘qotishlar hajmi oshkor etilmagani haqidagi savolga javob berdi. «Qoidaga ko‘ra, bu haqda umuman gapirilmaydi yoki gapirishsa ham lekin raqamlarni buzib ko‘rsatishadi», deb javob berdi prezident.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina urushidagi yo‘qotishlar haqida o‘ta aniq raqamlar yo‘q. Ikki tomon ham raqibning katta yo‘qotishlari haqida bayonot berib keladi. Masalan, Ukraina qurolli kuchlari xabariga ko‘ra, urushda kamida 500 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi