date
views 206

Bayden Isroil bosh vaziri urushni cho‘zayotgani sababini aytdi

Bayden Isroil bosh vaziri urushni cho‘zayotgani sababini aytdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining siyosiy maqsadlari uchun G‘azo sektoridagi urushni uzaytirayotganini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxu siyosiy jihatdan o‘zini qutqarish uchun urushni uzaytirayotgani bo‘yicha ishonchli asoslar mavjud. AQSH prezidenti Isroil kuchlarining G‘azoda harbiy jinoyatlar sodir etgani yoki yo‘qligi “noaniq” ekanini aytdi. U yahudiy davlati bu bo‘yicha qator tekshiruvlar olib borayotganini ta’kidladi.

Siyosatchi Isroil tinch aholini ochlikdan o‘ldirishni urush usuli sifatida foydalanayotgani haqidagi da’volarni rad etdi, ammo “ular nomaqbul faoliyat bilan shug‘ullangani”ni qo‘shimcha qildi.

"Bayden Isroilni AQSH kabi 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan so‘ng “tuganmas urushlar”ga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirgan", — deyiladi xabarda.

Isroilning G‘azo sektoriga so‘nggi hujumi

Isroil armiyasi 6 iyun kuni G‘azodagi Nuseyrat qochqinlar lageriga bergan zarbasi oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘ldi. Isroil qiruvchi samolyotlari bilan falastinliklar boshpana sifatida foydalangan BMTning falastinliklarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) maktabini nishonga olganini tasdiqlagan. Yahudiy davlati HAMAS jangchilari mazkur maktabdan boshpana sifatida foydalanganini da’vo qilgan. G‘azo hukumati Isroil hujumini “genotsid va etnik tozalash”ning “aniq dalili” deb ta’riflagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Isroil bosh vaziri urushni cho‘zayotgani sababini aytdi