
Foto: Google Images
Fransiya Ukrainada umumiy byujeti 450 million yevro bo‘lgan rivojlanish agentligini ochadi va muhim infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 200 million yevrolik alohida fond yaratadi. Bu haqda Le Monde Yelisey saroyiga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, prezident Vladimir Zelenskiy va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron 7 iyun, juma kuni Ukrainaga mahalliy hukumatlar va muhim infratuzilmani, xususan, energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy qiymati 650 million yevro miqdorida kreditlar va xayriyalar bo‘yicha ikkita kelishuv imzolaydi.
Birinchi kelishuvda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) “Ukrainadagi faoliyatini kengaytirish uchun 2027 yilgacha 400 million yevro miqdorida kredit va 50 million yevro miqdorida grantlar ko‘rinishida loyihalashtirilgan mablag‘lar ajratishi” nazarda tutilgan. Mablag‘lar, xususan, energetika va transport sohalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Nashrning yozishicha, 200 million yevrolik ikkinchi kelishuv energetika, transport, suv ta’minoti va kanalizatsiya, sog‘liqni saqlash sohalarida Fransiya ulushi bo‘lgan kompaniyalar ishtirokidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi ikki tomonlama jamg‘arma yaratishga tegishli. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar