date
views 138

Hindiston parlamenti quyi palatasiga 24 nafar musulmon deputat saylandi

Hindiston parlamenti quyi palatasiga 24 nafar musulmon deputat saylandi
Foto: Anadolu
Hindistonda parlament quyi palatasiga 24 nafar musulmon deputat saylandi. Bu haqda Hindiston mahalliy nashrlariga tayanib, Anadolu nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 4 iyun kuni quyi palataga saylovlar natijasi e’lon qilingan. Saylovlar joriy yilning 19 aprelida boshlanib, 1 iyun kuni yakunlangan edi. Rasmiylar deputatlarni saylash jarayoni 7 bosqichda davom etganini ma’lum qilgan.

Umumiy saylovlarda Hindiston parlamentining quyi palatasi Lok Sabhaga 24 nafar musulmon deputat nomzod sifatida ko‘rsatilgan. 2019 yildagi saylovlarda nomzodlar soni 26 nafar bo‘lgani aytilgan.

Saylov komissiyasi e’lon qilgan yakuniy natijalarga ko‘ra, hukmron Bharatiya Janata partiyasi (BJP) 543 nafar a’zoga ega palatada 240 o‘rinni, asosiy muxolifat “Hindiston milliy kongressi” esa 99 o‘rinni band qilgan

BJP eng ko‘p o‘rinni band qilgan bo‘lsa-da, hokimiyatga qaytish uchun unga kamida 272 ta o‘rin talab qilinadi. Partiya rahbarlari bu maqsadga erishish uchun hamkor partiyalar bilan koalitsiya tuzish harakatiga tushgan.

Musulmonlar Hindistondagi eng katta ozchilik guruhi hisoblanadi. Mamlakatda 183 million musulmon yashaydi. Ular Hindiston umumiy aholisining 14 foizini tashkil qiladi. Ammo ushbu jamoaning parlamentdagi ulushi 5 foizdan pastligicha qolmoqda.

Bu yilgi so‘rovlarda siyosiy partiyalar mamlakat bo‘ylab 78 nafar musulmon deputat nomzodini ilgari surgan. 2019 yilda esa bu ko‘rsatkich 115 tani tashkil etgan.

1952 yilda mustaqil Hindistonda o‘tkazilgan birinchi saylovda faqat 11 nafar musulmon deputat parlamentga saylangan. Eng yuqori statistika 1980 yilda kuzatilib, 49 musulmon deputati Lok Sabha tarkibiga kirgan. Biroq o‘shandan beri bu guruh nomzodlari soni qonunchilik palatasida doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston parlamenti quyi palatasiga 24 nafar musulmon deputat saylandi