
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbarining 17 yoshli o‘g‘li Ali Qodirov bilan uchrashdi. Bu haqda Ramzan Qodirov ma’lum qildi.
Ali Qodirov 17 yoshida «Axmat» respublika sport klubi bosh direktori lavozimida ishlaydi. Aniqlik kiritilishicha, Putin Qodirovni shaxsiy uchrashuvga taklif qilgan. Davlat rahbari uni nikoh to‘yi bilan tabriklab, bobosi, Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat Qodirov haqida gapirib bergan.
Avvalroq Qodirovning uch o‘g‘li – Ahmad, Ali va Adam Checheniston parlamentining oliy ordeni – «Daymexkan Siy» bilan taqdirlangani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.