11:43 / 09.06.2024
192

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida ishtirokchi davlatlar vakillari tomonidan Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" imzolangan.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 7 iyun kuni Pekin shahrida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov, Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tikebayev hamda “Xitoy temir yo‘llari” davlat korporatsiyasi bosh muhandisi o‘rinbosari Tszyuy Gotszyan o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda uch mamlakat transport vazirliklari hamda temiryo‘l ma’muriyatlari rahbarlari Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha 6 iyun kuni imzolangan hukumatlararo bitimda belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda loyihani moliyalashtirish mexanizmlarini muhokama etishgan.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" hamda ishchi guruhni tuzish to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.

Mazkur hujjatlar “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ boshqaruv raisi Zufar Nazrullayev, “Kirgiz temir jolu” MK davlat korxonasi Bosh direktori Azamat Sakiyev hamda “China Railway Corporation” bosh direktori Chjou Sin tomonidan imzolangan.



Ma’lumot uchun, 2024 yil 6 iyun kuni Pekinda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolangandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo