date
views 163

Gyotse “Bavariya”ga o‘tishi haqida: “60 nafar bezorilar meni haqorat qilish uchun mashg‘ulotlarga kelgan”

Gyotse “Bavariya”ga o‘tishi haqida: “60 nafar bezorilar meni haqorat qilish uchun mashg‘ulotlarga kelgan”
Foto: Getty Images
“Ayntraxt” yarim himoyachisi Mario Gyotse Dortmundning “Borussiya”sidan “Bavariya”ga o‘tganini esladi. Futbolchining transferi 2013 yilning aprelida ma’lum bo‘lgandi.

Men Dortmund stadioni qanday hayqirganini hech qachon unutmayman. Bir kuni 50-60 nafar bezorilar meni haqorat qilish uchun mashg‘ulotimizga kelgandi.

O‘shanda men 20 yoshda edim va turli tahlillarimga asoslanib, “Bavariya”ga o‘tishga qaror qilgandim. Men Dortmundda, jumladan, Yurgen Klopp davrida ajoyib davrni o‘tkazdim. Ammo bu mening professional futbolchilik faoliyatimda ko‘rgan yagona narsa edi. Men yanada rivojlanishni xohlardim
”, — dedi Gyotse ZeitMagazin nashriga bergan intervyusida.

2013—2016 yillarda “Bavariya” safida to‘p surgan germaniyalik futbolchi yana “Borussiya”ga qaytgan va 4 mavsum Dortmund klubida o‘ynagan. Shundan so‘ng, 2 yil davomida Niderlandiyaning “PSV” klubida to‘p surgan futbolchi 2022 yilda yana Germaniya qaytadi. Futbolchi hozirgacha “Aytraxt” klubida o‘ynab kelmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gyotse “Bavariya”ga o‘tishi haqida: “60 nafar bezorilar meni haqorat qilish uchun mashg‘ulotlarga kelgan”