
Foto: Federal qidiruv byurosi
AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati ISHIDga aloqador bo‘lgan tojikistonlik sakkiz nafar erkakni hibsga oldi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Tojikiston fuqarolari AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati hamda Federal qidiruv byurosi (FQB) hamkorligida ushlangan.
"Hibsga olinganlar mamlakatdan chiqarib yuborilgunga qadar FQB hibsxonasida saqlanadi", — deyiladi bayonotda.
Sakkiz kishining hammasi AQSH janubiy chegarasini kesib o‘tgan. NBC manbalarining ta’kidlashicha, FQB “Markaziy Osiyodan kelayotgan potensial terrorchilik tahdididan” xabardor va tergov doirasida erkaklarni bir necha oy kuzatishgan. Tojikiston fuqarolarining hech biri hozirda terrorizmda ayblanmagan. Biroq, FQB erkaklar ISHID bilan potensial aloqalari tufayli hibsga olinishi kerakligi haqida ogohlantirgan.
"Sakkiz erkakning hammasi immigratsiya ayblovlari bilan hibsga olingan. Ular sud jarayonidan o‘tadi, terrorchilikda ayblanishlari mumkin", — deydi manbalar.
AQSHTojikistonHibsga OlinganlarImmigratsiya Va BojxonaFederal Qidiruv ByurosiPotensial Terrorchilik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar