09:31 / 14.06.2024
155

Stoltenberg: “NATO rossiyalik josuslarning harakatlarini to‘xtatishi kerak”

Stoltenberg: “NATO rossiyalik josuslarning harakatlarini to‘xtatishi kerak”
Foto: Reuters
NATO a’zolari Moskvaning qo‘poruvchilik va kiberhujumlarni o‘z ichiga olgan dushmanona harakatlariga javoban alyans bo‘ylab rossiyalik josuslarga nisbatan qattiqroq choralar ko‘rish niyatida. Bu haqda NATO rahbari Yens Stoltenberg ma’lum qildi.

"Biz bir nechta qo‘poruvchilik, o‘t qo‘yishga urinish, kiberhujumlar, dezinformatsiya holatlariga duch keldiki", — deydi Stoltenberg.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, NATO mudofaa vazirlari alyansning javob choralari, jumladan muhim dengiz va kiberinfratuzilmani himoya qilish, alyans bo‘ylab rossiyalik razvedka zobitlarining faoliyatiga cheklovlarni kuchaytirishni muhokama qilmoqchi.

Daniya razvedkasi avvalroq Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan ayolning hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Ma’lum bo‘lishicha, hibsga olish Yevroparlamentda yaqinda o‘tkazilgan saylovlar bilan emas, balki OAVda Rossiya suveren jamg‘armasi haqidagi xabarlar bilan bog‘liq.

Yevropa Ittifoqida rus josuslariga qarshi kurash

Germaniya Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi rahbari Tomas Xaldenvangga ko‘ra, Rossiya doimiy o‘z manfaatlariga zarar keltiruvchi josuslik va qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirmoqda. U bunday faoliyatni nafaqat RFning o‘z agentlari, balki yashirin ishlayotgan va Germaniyaga biznesmen, jurnalist yoki olim sifatida kelgan, lekin aslida Rossiya foydasiga josuslik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ham amalga oshiradi.

Financial Times (FT) Yevropaning nomi oshkor etilmagan manbalariga tayanib, Yevropa Ittifoqi razvedkasi o‘z hukumatlarini Rossiya tomonidan rejalashtirilayotgan qo‘poruvchilik va teraktlar tahdidi haqida ogohlantirganini xabar qilgan.

"Rossiya razvedka xizmatlarining ushbu yo‘nalishdagi faolligi ortib borayotgani haqida tobora ko‘proq dalillar paydo bo‘lmoqda", — deya ta’kidlaydi FT qator Yevropa davlatlarining ekspert baholariga asoslanib.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stoltenberg: “NATO rossiyalik josuslarning harakatlarini to‘xtatishi kerak”