09:09 / 15.06.2024
330

Qozog‘istonda xarrasment uchun jazoga tortish rejalashtirilmoqda

Qozog‘istonda xarrasment uchun jazoga tortish rejalashtirilmoqda
Qozog‘istonda ta’qib va ​​jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilanadi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’muriy politsiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Renat Zulxairov ma’lum qildi.

"Hozirda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xarrasment uchun javobgarlikni joriy etish ustida ishlamoqda. Ayni paytda o‘zgartirishlar va ushbu tashabbus davlat organlarida muhokama qilinmoqda. O‘ylaymanki, bu masala yaqin kelajakda ko‘rib chiqiladi. Mazkur qonunni Mehnat vazirligi ishlab chiqmoqda", — dedi Zulxairov.

Ilgari hukumat xarrasment va ta’qib uchun jinoiy javobgarlik joriy etish to‘g‘risidagi deputatlar tomonidan kiritilgan tuzatishlarni qo‘llab-quvvatlamagandi. Ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qonunga tegishli normalar kiritilmagan.

Qozog‘istonda aprel oyida oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish qonuni qabul qilingandi. Bu sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasi Saltanat Nukenovani shafqatsizlarcha qiynoqqa solib o‘ldirgani fonida qabul qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda xarrasment uchun jazoga tortish rejalashtirilmoqda