06:36 / 17.06.2024
374

Zelenskiy ikkinchi «tinchlik sammiti»da Rossiya ham qatnashishi mumkinligini inkor etmadi

Zelenskiy ikkinchi «tinchlik sammiti»da Rossiya ham qatnashishi mumkinligini inkor etmadi
Foto: rbc.ua
Ukraina bir necha oylardan so‘ng ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Ayni paytda Kiyev tadbirdan qatnashishga tayyorligini bildirgan bir nechta davlatlar bilan muzokara olib bormoqda.

«Biz davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Ishonamanki, bu tanlov chindan ham global ahamiyatga ega bo‘ladi», — degan Zelenskiy.

Zelenskiy keyingi sammit haqida gapirar ekan, Rossiyaning unda ishtirok etishi «ular tinchlikni istashi va urushni to‘xtatishga tayyor ekanligini» bildirishini ta’kidladi.

«Rossiyaning o‘zi buni istaydimi yoki uni jahon hamjamiti bunga ularni majburlaydimi — biz uchun ahamiyatsiz», — degan u.

Zelenskiy agar Moskva uning hududiy yaxlitligini hurmat qilsa Ukraina ertagayoq Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek Ukraina prezidenti Rossiya 20 mingdan ziyod ukrainalik bolalarni o‘g‘irlaganini ta’kidladi.

«Ularning boshiga bizni yo‘q qilishni niyat qilgan natsist Putin kelgan. Bu uning fiks-g‘oyasidir. Putin to‘xtamaydi, xuddi Ikkinchi jahon urushida kuzatilgani singari u urushni davom ettiraveradi», — degan Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Xitoyni va uning hududiy yaxlitligini doim hurmat qilgani, Xitoy ham Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini istashini aytgan.

«Ukrainaning bitta dushmani bor va bu — Putin. Diplomatlar to‘plar to‘xtaydi, deyishadi, lekin Putin to‘xtamaydi. Chunki u diplomat emas, u faqat kuchni tushunadi», — degan Zelenskiy.

Zelnskiy yordam berilayotgani, lekin bu yerdam g‘alaba qaozrnish uchun yetarli emasligi va kechikib ko‘rsatilayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti ikki kun mobaynida Shveysariyada o‘tkazildi. Unda 92 ta davlat va 8 ta hukumatlararo tashkilot qatnashdi. Rossiya tadbirga chaqirilm ta davlat va 4 ta tashkilot qo‘llab-quvvatlagan. Deklaratsiyaga imzo qo‘yganlar Ukrainaning hududi yaxlitligiga rioya qilinishini talab qilishgan. Deklaratsiyani imzolamaganlar orasida Armaniston, Braziliya, Slovakiya, Hindiston, Meksika, Saudiya Arabistoni, Tailand, JAR va BAA kabi davlatlar bor.

Avvalroq Reuters agentligini kommyunikening loyihasini e’lon qilgan edi. Unda qo‘yidagilar xususida so‘z boradi:

- Ukrainaga Qora dengiz va Azov dengizidagi portlardan foydalanish imkoniyati yaratilishi kerak;
- Barcha harbiy asirlar «barchaning evaziga barcha» yo‘li bilan almashinishi kerak;
- Barcha noqonuniy ushlab turilgan fuqarolik shaxslari va noqonuniy ko‘chirib olib ketilgan ukrainalik bolalar Ukrainaga qaytarilishi kerak;
- Barcha davlatlar xalqaro tan olingan chegaralarda barcha davlatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini tasdiqlashi lozim;
- Faqat barcha taraflar muloqotida tinchlikka erishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy ikkinchi «tinchlik sammiti»da Rossiya ham qatnashishi mumkinligini inkor etmadi