12:45 / 17.06.2024
132

Keyt Middlton saratonga qarshi qanday kurashayotgani haqida gapirdi

Keyt Middlton saratonga qarshi qanday kurashayotgani haqida gapirdi
Foto: “Pravila jizni”
42 yoshli Uels malikasi Keyt Middlton saraton kasalligiga qarshi kurashdagi kichik yutuqlari va og‘ir damlari haqida o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozdi “Pravila jizni”.

Men saratonga qarshi kurashda kichik bo‘lsa-da, sezilarli yutuqlarga erishdim, ammo kimyoterapiyadan o‘tayotgan har bir bemor kabi mening ham yaxshi, ham yomon kunlarim bo‘lib turadi”, — deb yozadi Britaniya valiahd shahzodasining rafiqasi.

Yomon kunlarda men zaiflik, charchoqni his qilaman. Bunday paytda tanaga dam berish kerak. Ammo yaxshi kunlarda o‘zimni tetik va kuchliroq his qilganimda ijobiy holatimdan maksimal foyda va zavq olishni istayman”, — deya qo‘shimcha qildi Middlton.

Uels malikasi 15 iyun, shanba kuni Britaniya qiroli Charlz III ning rasmiy tug‘ilgan kuni munosabati bilan (haqiqiy tug‘ilgan kun sanasidan farq qiladi) bo‘lib o‘tgan paradda ishtirok etdi. Bu Middltonning kasalligi haqida e’lon qilganidan keyin birinchi marta omma oldida chiqishi bo‘ldi. Tadbirdan avval Keyt qirolning tug‘ilgan kuni paradini intiqlik bilan kutayotgani, tadbirda oilasi bilan ishtirok etishi hamda yoz oyida yana bir nechta ijtimoiy tadbirlarga qo‘shilishini ma’lum qilgan edi.

Foto: Euronews

Foto: Euronews
Lekin eng yomoni hali ortda qolmaganini bilaman”, — deb yozadi Middlton.

Keyt tug‘ilgan kun paradiga o‘z farzandlari shahzoda Jorj, malika Sharlotta, shahzoda Lui bilan parad maydoni yonidagi Bukingem saroyidan marosimni tomosha qilish uchun tashrif buyurdi.

Keyt Middlton 2023 yil dekabr oyidan buyon omma oldida ko‘rinish bermagan, u yanvar oyida qorin bo‘shlig‘ida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi. 2024 yilning 22 mart kuni Uels malikasi saratonga chalinganini e’lon qildi.

Shu yilning fevral oyida Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ham saraton kasalligiga chalindi. Bukingem saroyi matbuot xizmati u davlat ishlari bilan shug‘ullanishda davom etishini, biroq ommaviy tadbirlarda kamroq namoyon bo‘lishini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Keyt Middlton saratonga qarshi qanday kurashayotgani haqida gapirdi