22:57 / 17.06.2024
300

Yadroviy derjavalar yadroviy qurolga qancha mablag‘ sarflaydi?

Yadroviy derjavalar yadroviy qurolga qancha mablag‘ sarflaydi?
Yadro qurollarini bekor qilish bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICAN) e’lon qilgan yangi hisobotga ko‘ra, yadroviy davlatlar so‘nggi besh yil ichida o‘z arsenallarini modernizatsiya qilib, yadroviy qurolga sarflanadigan xarajatlarni uchdan bir qismga oshirdi.

Foto: ICAN
ICAN ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qqizta yadroviy davlat — AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Pokiston va Shimoliy Koreya o‘tgan yili yadro arsenallariga 91 milliard dollar sarflagan. Bu mablag‘ning 51,5 milliard dollari AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy (11,8 milliard dollar), uchinchi o‘rinda Rossiya (8,3 milliard) yetakchilik qilmoqda.

Birgina 2023 yilda yadro quroliga sarflangan xarajatlar butun dunyo bo‘ylab 10,8 milliard dollarga oshgan va bu mablag‘ning asosiy ulushi — 80 foizi AQSHga to‘g‘ri kelgan.

ICAN hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 yildan beri yadroviy davlatlar yadro arsenallariga jami 387 milliard dollar sarflagan. Tashkilot rahbari Melissa Park yadro quroliga milliardlab dollarlar sarflanayotganini, bu davlat mablag‘larining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan isrofgarchiligi ekanini ta’kidlagan. U ushbu mablag‘ BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab ochlikni tugatish uchun yetarli bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Yadro qurollarini bekor qilish bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICAN)

ICAN 2021 yilda kuchga kirgan Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani ishlab chiqishdagi muhim roli uchun 2017 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. ICAN hisoboti hammuallifi Alisha Sanders-Zakre to‘qqizta yadroviy davlat Armageddonga sarmoya kiritish o‘rniga, dunyoning boshqa davlatlaridan o‘rnak olishi va ushbu shartnomaga qo‘shilishi, shu orqali global xavfsizlikka haqiqiy hissa qo‘shishi kerakligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yadroviy derjavalar yadroviy qurolga qancha mablag‘ sarflaydi?