21:25 / 18.06.2024
254

Putin o‘z qarindoshini mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinladi

Putin o‘z qarindoshini mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinladi
Foto: “Kommersant”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z qarindoshini mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinladi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle. Anna Sivilyovaning tayinloviga oid farmon 17 iyun kuni huquqiy axborot portaliga joylashtirilgan.

Boshqa bir farmon bilan esa mudofaa vaziri o‘rinbosari etib Pavel Fradkov — 2004-2007 yillarda Rossiya hukumatiga rahbarlik qilgan Mixail Fradkovning o‘g‘li tayinlangan. Kichik Fradkov Rossiya prezidenti ishlash boshqarmasining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga esa Leonid Gornin tayinlangan.

Shu bilan birga Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosarlari Ruslan Salikov, Nikolay Pankov, Tatyana Shvetsova va Pavel Popov lavozimdan olingan. 14 may kuni Rossiya prezidenti hukumatning yangi tarkibini tayinlash haqidagi farmonni imzoladi va Andrey Belousov mudofaa vaziri etib tayinlangan edi.

Anna Sivilyova — Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilyovning rafiqasi. OAVda Sivilyovaning Putin bilan ehtimoliy qarindoshlik aloqalari haqida ko‘p marta yozilgan: jurnalistlar ma’lumotlariga ko‘ra, u prezidentning ota tomondan jiyani (amakivachchasining farzandi) hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin o‘z qarindoshini mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinladi