19:18 / 19.06.2024
168

Kim Chen In Rossiyani “eng halol do‘st va ittifoqchi” deb atadi

Kim Chen In Rossiyani “eng halol do‘st va ittifoqchi” deb atadi
Foto: Kremlin.ru
Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In Rossiyani “eng halol do‘st va ittifoqchi” deb atadi.

"Butun dunyo diqqat bilan Rossiyadan do‘stlik missiyasi yetib kelgan Pxenyanga qaragan bir paytda, men ushbu tantanali zalda rossiyalik birodarlarim — eng halol do‘stlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan birga turibman", — deydi Kim Chen In.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning uzoqni ko‘ra bilishi va qat’iyatisiz KXDR va Rossiya o‘rtasida yangi eng kuchli kelishuvni tuzish imkonsiz bo‘lar edi.

Avvalroq Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Pxenyandagi keng ko‘lamli muzokaralardan so‘ng Putin Kim Chen Inga ikkinchi hashamatli Aurus avtomobili, choy to‘plami va admiral xanjarini sovg‘a qilganini ma’lum qilgandi. Bunga javoban KXDR rahbari Putinga “yaxshi sovg‘alar” bergan. Biroq Kreml matbuot kotibi Putin Kim Chen Indan aynan nima olganiga aniqlik kiritmagan.

Putin 18 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Pxenyanga keldi. 19 iyun kuni Kim Ir Sen maydonida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Rossiya va Shimoliy Koreya delegatsiyalari o‘rtasida keng tarkibdagi bir yarim soatlik muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Rossiyani “eng halol do‘st va ittifoqchi” deb atadi
ePN