12:32 / 21.06.2024
226

Qozog‘istonda mehnat migrantlari uchun qoidalar o‘zgarmoqda

Qozog‘istonda mehnat migrantlari uchun qoidalar o‘zgarmoqda
Foto: “Komsomolskaya Pravda”
Qozog‘istonda mehnat migrantlariga ruxsatnomalar berish mexanizmi soddalashtiriladi. Tegishli hujjat “Ochiq normativ-huquqiy akt” portalida e’lon qilindi.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi migrantlar uchun ruxsatnomalarni berish, uzaytirish va bekor qilish qoidalariga o‘zgartirishlar ishlab chiqdi. Loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 3 iyulga qadar davom etadi.

“Hujjatda elektron hukumat portali, “migration.enbek.kz” platformasi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilgan. Shuningdek, mehnat muhojiri ish beruvchini o‘zgartirganda xabardor qilishi bo‘yicha mexanizmni yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda”.

Fuqarolari uy xo‘jaligida ishlash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin bo‘lgan mamlakatlar ko‘rsatilgan. Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash summalari belgilangan.

Mehnat muhojirlariga 12 oygacha bo‘lgan muddatga ruxsatnomalar berish mexanizmi soddalashtirilgan, ruxsatnomalarni berish va uzaytirishni rad etish uchun asoslar belgilangan”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda mehnat migrantlari uchun qoidalar o‘zgarmoqda
ePN