16:46 / 21.06.2024
310

Pentagon: Ukraina Rossiyaning barcha hududiga AQSH qurollari bilan zarba berishi mumkin

Pentagon: Ukraina Rossiyaning barcha hududiga AQSH qurollari bilan zarba berishi mumkin
Foto: Reuters
Ukraina qurolli kuchlari nafaqat Xarkov viloyati, balki Rossiya hududidagi har qanday harbiy obyektlarga zarba berishda AQSH qurollaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi, AQSH harbiy-havo kuchlari general mayori Patrik Rayder ma’lum qildi.

Javob zarbasini berish qobiliyati — siyosat mana shunga qaratilgan. Rossiya qo‘shinlari chegaradan o‘t o‘chayotganini ko‘rar ekanmiz, Ukraina AQSH tomonidan taqdim etilgan o‘q-dorilar yordamida quruqlikdagi kuchlarga javob qaytarishi mumkin, — dedi u.
Rayder mazkur qarorni Ukraina armiyasining “o‘zini himoya qilish” huquqi bilan izohladi va bu imkoniyatdan foydalanish kerakligini aytdi.

Avvalroq AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan ham xuddi shunday bayonot bergandi. U Rossiya hududiga Amerika qurollari yordamida zarba berishga ruxsat etilganini quyidagicha izohlagan.

"Gap geografiyada emas, balki sog‘lom fikrlashda. Agar Rossiya o‘z hududidan turib Ukrainaga hujum qilsa, Ukraina ham unga hujum qilgan kuchlarga javob qaytarishi mantiqqa to‘g‘ri keladi", — degan edi Sallivan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon: Ukraina Rossiyaning barcha hududiga AQSH qurollari bilan zarba berishi mumkin