17:47 / 21.06.2024
86

Keniyada yangi soliq tizimi joriy qilinishi ortidan namoyishlar uyushtirildi

Keniyada yangi soliq tizimi joriy qilinishi ortidan namoyishlar uyushtirildi
Foto: Reuters
Keniyada yangi soliq tartibotidan norozi bo‘lgan aholi butun mamlakatda namoyishlar boshlab yubordi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hozircha tartibsizliklar oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Mamlakatning turli shtatlarida bir necha yuzlab fuqarolar hibsga olingan.

Noroziliklar 20 iyun kuni mamlakat poytaxtida yuzaga kelgan. Hukumatning budjet uchun qo‘shimcha 2,7 milliard dollar miqdorda soliq tushumi undirishni ko‘zda tutgan yangi tartiboti g‘alayonlar uchun asos bo‘lgan.

Poytaxt Nayrobidagi namoyishchilarni tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan. Amnesty International va Keniya Tibbiyot assotsiatsiyasi holat yuzasidan bayonot e’lon qilib, namoyishchilarni bostirish jarayonida kuch ishlatar tuzilmalardan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan.

Nayrobi okrugi politsiyasi hudud nazoratga olinayotganini bildirgan. Biroq politsiya qo‘mondoni Adamson Bungey jurnalistlarning murojaatlarini javobsiz qoldirgan.

Biz ko‘pchiligi yoshlar bo‘lgan bir necha minglab namoyishchilarning politsiya harakatiga qarshi vazminlik va xushmuomalalik ko‘rsatganidan mamnunmiz. Muammo tez hal bo‘layotganidan xursandmiz”. — deyilgan politsiya bayonotida.

Namoyishchilar hukumatdan yangi moliyaviy qonun loyihasidan butunlay voz kechishini so‘ramoqda. Yangi qonun iqtisodiyotni bo‘g‘ib qo‘yishi va tirikchilikka qiynalayotgan keniyaliklarning yashash sharoitlarini og‘irlashtirishi aytilgan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa hukumat budjet taqchilligi va davlat qarzini kamaytirish uchun daromadlarni oshirishi kerakligini bildirgan. Keniyaning 47 okrugidan 19 tasida bo‘lib o‘tgan keng ko‘lamli namoyishlarga qaramay, payshanba kuni qonunchilar moliya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilib, bahsli soliq takliflarini tasdiqlash uchun keyingi bosqichga o‘tkazishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Keniyada yangi soliq tizimi joriy qilinishi ortidan namoyishlar uyushtirildi
ePN