22:47 / 21.06.2024
688

Pokistonda olomon Qur’onni tahqirlagan sayyohni yoqib yubordi

Pokistonda olomon Qur’onni tahqirlagan sayyohni yoqib yubordi
Foto: Global Look Press
Pokistonda olomon Qur’onni yoqib yuborishda gumon qilingan shaxsni politsiyadan qaytarib, uni yoqib yubordi, deya mahalliy politsiyaga tayanib, Pakistan Today xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Panjob viloyatining Sialkot shahridan bo‘lgan erkak Xayber-Paxtunxva viloyatining Svat tumanida hibsga olingan.

Ayblanuvchini Madyan viloyatidagi politsiya bo‘limiga yuborishga qaror qilishgan, bu haqda mahalliy masjidlarga o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali xabar qilingach, olomon hududga bostirib kirgan.

"G‘azablangan odamlar ayblanuvchini militsiya qo‘lidan tortib olib, ko‘chada sudrab, o‘t qo‘yib, o‘ldirishgan", — deb xabar berdi tuman IIB matbuot xizmati.

To‘qnashuvda jarohatlangan 11 mahalliy aholi kasalxonaga yotqizilgan. Pokiston hukumati Madyanda tartibni tiklash uchun maxsus kuchlarni yuborgan.

Avvalroq Pokistonda 22 yoshli talaba Muhammad payg‘ambar va uning rafiqalarini haqorat qiluvchi fotosuratlar va videolarni yaratgani uchun o‘limga hukm qilingan edi. Sud uning sherigini umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda olomon Qur’onni tahqirlagan sayyohni yoqib yubordi
ePN