11:43 / 09.03.2015
7 933

Sud Nemsovni o‘ldirishda gumon qilib, uch kishini hibsga oldi

Sud Nemsovni o‘ldirishda gumon qilib, uch kishini hibsga oldi

Sud siyosatchi Boris Nemsovni o‘ldirishda gumon qilib, uch kishini hibsga olishga ruxsat berdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.ru».

Bunda gap Xamzat Baxaev, Tamerlan Eskerxanov va Shagit Gubashev haqida bormoqda.

Avvalroq sud Boris Nemsovni otib o‘ldirishda aloqadorligini tan olgan Zaur Dadaevni hibsga olish haqida qaror qilgan edi.

Gumonlanuvchilar jami olti kishidan iborat bo‘lgan, biroq ulardan biri Grozniyda qo‘lga olish chog‘ida o‘z granatasidan portlab ketgan.

Ikki shubhalanuvchi — Shagit Gubashev va Ramzan Baxaev ayblovni rad etib, suddan ularni hibsda saqlamaslikni so‘ramoqda.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sud Nemsovni o‘ldirishda gumon qilib, uch kishini hibsga oldi