Arxiv foto: Associated Press
Yaman husiylari Iroq islomiy qarshilik harakati bilan birga Isroilning Hayfa portidagi to‘rtta kemaga hujum qildi. Bu haqda Al Masirah xabar berdi.
Husiylar matbuot kotibi Yahyo Sari ikkita sement va ikkita quruq tovarlarni tashuvchi yuk kemasi nishonga olinganini aytdi. Bundan tashqari, O‘rta Yer dengizida Isroil portiga yo‘l olgan chorva tashuvchi kemaga zarba berilgan.
Hujumlarda dronlardan foydalanilgan. Husiylar ikkala operatsiya ham muvaffaqiyatli o‘tgani va “maqsadlarga erishilgani”ni ta’kidlagan. Husiylar tijorat kemalariga qilingan hujumlarni ular “bosib olingan Falastin portlariga o‘tish taqiqini buzganliklari” bilan izohlagan.
AQSH Markaziy qo‘mondonligi so‘nggi 24 soat ichida Qizil dengizda uchta husiy droni yo‘q qilinganini aytgan. Shuningdek, Yamandan uchta ballistik raketa uchirilgani qayd etilgan. Biroq hech qanday kema yoki tijorat kemalari zarar ko‘rmagani aytilmoqda.
Qizil dengiz, Adan ko‘rfazi va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozidagi kemalarga husiylar hujumi 2023 yilning noyabr oyidan beri sodir bo‘lmoqda. Ular AQSH, Buyuk Britaniya va Isroil bilan bog‘liq kemalar nishonga olinishini ma’lum qilgan. Husiylar shu tariqa Isroil bilan urushda Falastinning HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlamoqda. AQSH va Buyuk Britaniya 2024 yil boshidan buyon Yamanga javob zarbalarini berib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lionel Messi: "Mendagi bu xarakter farzandlarimga xam o‘tgan"
Xalqaro jinoiy sud Shoygu va Gerasimovni hibsga olishga order berdi
“Kunlik “dolya”sini bermagandim” – “samokatchi” yigitni majburlab mashinaga o‘tqazib, olib ketishga urinishdi
Dog‘istondagi hujum: ikki kun o‘tib nimalar ma’lum?
O‘zbekistonda 26 iyun kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
Parkentda oraliq masofani saqlamagan «KAMAZ» haydovchisi 4 ta avtomobilga zarar yetkazdi
Messi iqtidori haqida: "Xudo meni tanladi"
Boliviyada hokimiyatni egallashga uringan general qo‘lga olindi