23:01 / 23.06.2024
788

Dog‘istonda qurollangan shaxslar sinagogaga o‘t qo‘yib, politsiya xodimlariga hujum qildi (video)

Dog‘istonda qurollangan shaxslar sinagogaga o‘t qo‘yib, politsiya xodimlariga hujum qildi (video)
Foto: Videodan kadr
Dog‘istonning Derbent shahrida qurollangan noma’lum shaxslar sinagoga va cherkovga hujum qildi va politsiya xodimlariga o‘q uzdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Derbentda noma’lum shaxslar sinagoga va cherkovga avtomat qurollardan o‘q uzgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir politsiyachi halok bo‘lgan, bir nafari yaralangan. Gumonlanuvchilar qochib ketgan mashina oq rangli Volkswagen Polo ekani aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Xavfsizlik kuchlariga yaqin manbalar noma’lum shaxslar cherkov va sinagogaga o‘t qo‘yganini aytdi. Maxachqal’a shahrida huquq-tartibot xodimlariga yana bir hujum uyushtirilgan. Dog‘iston Ichki ishlar vazirligi Maxachqal’adagi otishma oqibatida bir politsiyachi halok bo‘lgani, olti nafari yaralanganini ma’lum qildi.

Rossiya huquq-tartibot organlariga yaqin bo‘lgan 112 Telegram-kanali Dog‘istondagi otishmada besh nafar polisiyachi halok bo‘lib, to‘qqiz nafari yaralangani haqida xabar tarqatdi. Dog‘iston rahbari Sergey Melikov fuqarolarni xotirjamlikka chaqirdi. U barcha xavfsizlik xizmatlari ko‘rsatmalarga muvofiq ishlayotganini aytdi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dog‘istonda qurollangan shaxslar sinagogaga o‘t qo‘yib, politsiya xodimlariga hujum qildi (video)