01:27 / 25.06.2024
243

Yevropa Ittifoqi Gruziya uchun “eshiklar” qachon yopilishini aytdi

Yevropa Ittifoqi Gruziya uchun “eshiklar” qachon yopilishini aytdi
Foto: AP
Agar Gruziya rasmiylari hozirgi siyosatini davom ettirsa, hukumat Yevropa Ittifoqiga kirish imkoniyatini yo‘qotadi, deya Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel xabar berdi.

"Gruziya xalqi uchun Yevropa Ittifoqiga yo‘l ochiq, ammo hukumat o‘z ishini davom ettirsa, bu yo‘l yopiladi. Bugun YEI davlatlari hech qanday aniq qaror qabul qilmayapti. Ammo Yevropa Tinchlik Jamg‘armasining moliyaviy yordami va yuqori siyosiy darajadagi aloqalar tez orada cheklanishi mumkin", — dedi Borrel.

Borrelning qo‘shimcha qilishicha, bunday choralar aholiga ta’sir qilmasligi kerak.

Avvalroq Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Tbilisi 2030 yilgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu maqsadga erishish uchun hamkorlar va do‘st davlatlarning ko‘magi muhim.

Bryussel va Vashington Gruziyada qabul qilingan “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunni tanqid qilmoqda. G‘arb siyosatchilari bu qonun Yevropa tamoyillari va qadriyatlariga zid ekanini ta’kidlagan. Yevropa Ittifoqi mamlakatni ushbu qonunni qabul qilmaslik haqida ogohlantirmoqda va boshqa choralar ko‘rish bilan tahdid qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi Gruziya uchun “eshiklar” qachon yopilishini aytdi
ePN