12:10 / 25.06.2024
239

Germaniyada Vengriya bosh vaziri korteji avtohalokatga uchradi

Germaniyada Vengriya bosh vaziri korteji avtohalokatga uchradi
Foto: Bild
Germaniyaga tashrifi chog‘ida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning korteji yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda 61 yoshli germaniyalik politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 24 iyun kuni soat 11:15 atrofida Shtutgart shahrida sodir bo‘lgan. 69 yoshli ayol boshqaruvidagi BMW shlagbaumdan chiqib ketib, Viktor Orban mashinasiga hamrohlik qilayotgan 61 yoshli politsiyachining mototsikliga borib urilgan.

Politsiyachi zarbdan Vengriya bosh vaziriga hamrohlik qilayotgan boshqa, 27 yoshli ofitserning mototsikli uchib tushgan. Ularning ikkalasi ham og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shtutgart politsiyasi komissari Markus Eyzenbraun 61 yoshli politsiyachi shifoxonada vafot etganini tasdiqlagan. Voqeani tergov qilishni Lyudvigsburg politsiya bo‘limi o‘z zimmasiga olgan. Viktor Orban futbol bo‘yicha Yevropa chempionati uchun Germaniyaga kelgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada Vengriya bosh vaziri korteji avtohalokatga uchradi