19:52 / 25.06.2024
104

Aktyor Vudi Harrelson smartfondan voz kechgani haqida: “Ortiqcha va chalg‘ituvchi predmet”

Aktyor Vudi Harrelson smartfondan voz kechgani haqida: “Ortiqcha va chalg‘ituvchi predmet”
Amerikalik aktyor va prodyuser, “Haqiqiy detektiv”, “Hayot-mamot o‘yinlari”, “Zombilendga marhamat” kabi filmlar yulduzi Vudi Harrelson smartfondan voz kechgani haqida aytib berdi.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u telefonga juda ko‘p vaqtini sarflagan, shuning uchun uch yarim yil avval gadjetdan foydalanishni to‘xtatgan.

Kunning istalgan vaqtida har qanday inson men bilan bog‘lana olish imkoniyati bo‘lishini yoqtirmayman. To‘g‘ri, telefondan foydalanishni to‘xtatganimning asosiy boisi bu emas. Men insonlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘raman, shunchaki uyali aloqa telefoni men uchun ortiqcha predmetga aylangan”, — dedi Harrelson “Where Everybody Knows Your Name” podkastida.

Harrelson oxirgi marta rejissyor Lora Chinn tomonidan suratga olingan va hayotiy voqealarga asoslangan “Quyoshli sohil” dramasida hamda rejissyor Greg Berlandiga tegishli “Oyga parvoz” komediyasida suratga tushdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktyor Vudi Harrelson smartfondan voz kechgani haqida: “Ortiqcha va chalg‘ituvchi predmet”
ePN