00:59 / 26.06.2024
438

O‘ldirilgan dog‘istonlik terrorchilarning otasi mayda bezorilik uchun hibsga olindi

O‘ldirilgan dog‘istonlik terrorchilarning otasi mayda bezorilik uchun hibsga olindi
Kollaj: Daryo
Maxachqal’a Leninskiy tuman sudi Dog‘istonning Sergoqal’a viloyati sobiq rahbari Magomed Omarovni o‘n sutkaga ma’muriy hibsga oldi, uning o‘g‘illari pravoslav cherkovlari, sinagogalar va yo‘l politsiyasi postiga hujumda ishtirok etgan. Bu haqda Dog‘iston Oliy sudi matbuot xizmatiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Omarov mayda bezorilikda ayblanib, ma’muriy qamoqqa olingan.

Qaror ustidan qonunda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga shikoyat qilish mumkin, — deyiladi sud xabarida.
23 iyun kuni Derbent va Maxachqal’adagi hujum chog‘ida bir guruh qurollangan kishilar sinagogalar va pravoslav cherkovlariga, shuningdek, politsiya mashinasiga o‘q uzgan. 20 kishi terakt qurboni bo‘lgan, yana 46 kishi turli tan jarohatlari olgan.

O‘ldirilgan jangarilar orasida “Yagona Rossiya” mintaqaviy bo‘limi kotibi Magomed Omarovning o‘g‘illari ham aniqlangan. Omarovning o‘zi so‘roq paytida o‘ldirilgan o‘g‘illarining vahhobiy ekanidan bir necha yillardan buyon xabardor bo‘lganini aytgan.

Yana bir hujumchi “Adolatli Rossiya” partiyasining Sergokalinskiy tumanidagi mintaqaviy bo‘limiga rahbarlik qilgan Ali Zakarigayev Omarovning jiyani ekanligi aniqlangan. Zakarigayev hujumning ertasigayoq partiyadan haydalgan.

Dog‘iston rahbari Sergey Melikov Respublika xalq assambleyasi yig‘ilishi chog‘ida mintaqada rahbarlik lavozimlarini egallab turgan shaxslar har tomonlama tekshirilishini ma’lum qilgan.

Viloyat rahbari niqob kiyishni ham tanqid qilgan, chunki bu “kavkaz xalqlariga xos bo‘lmagan” kiyim erkaklarga yuzlarini yashirish, ayollarga esa taqiqlangan narsalarni olib yurish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, Melikov xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Dog‘iston politsiyasining 16 nafar xodimini “Jasorat” ordeni bilan taqdirlashni, shuningdek, Derbent shafoat cherkovining 66 yoshli rektorini vafotidan keyin taqdirlashni buyurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘ldirilgan dog‘istonlik terrorchilarning otasi mayda bezorilik uchun hibsga olindi