10:38 / 26.06.2024
563

Qirg‘iziston prezidenti jiyaniga qilingan dabdabali Marry me uchun uzr so‘radi

Qirg‘iziston prezidenti jiyaniga qilingan dabdabali Marry me uchun uzr so‘radi
Kollaj: “Daryo”
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jiyani Lazzat Nurgojevaning qo‘lini so‘rash uchun bo‘lajak kuyov dabdabali Marry Me tashkillashtirgani sabab aholidan uzr so‘radi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Marry me kuni yigit prezidentning jiyanini vertolyotda toqqa olib chiqib, turmush qurish taklifini bergan va bu ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘lgan.

"Isrofgarchilikni to‘xtatishimiz kerakligini ko‘p marta aytganman. Hech bo‘lmaganda bo‘lajak kuyovim meni qo‘llab-quvvatlab, o‘ylab qadam bosishi kerak edi. Agar u prezidentning qarindoshi bo‘lmoqchi bo‘lsa, o‘zini va davlat rahbarini ham tanqid ostiga qo‘ymaslik haqida o‘ylashi kerak. Menimcha, u hali yosh. Oddiy tarzda ham qo‘l so‘rash mumkin. Bir-birlarini yoqtirishsa, jiyanim rad etarmidi.

Foto: AKIpress
Albatta, akalarim va ularning farzandlariga qattiq talablarim bor. O‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslik, davlat ishlariga aralashmaslik haqida doim ogohlantirganman. Avval boshqalarni tanqid qilardim. Endi o‘zimga qaytdi. Jiyanim uchun xalqdan uzr so‘rayman. U odamlarning fikriga quloq tutadi. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga ishonaman. Bundan tashqari, u yangi hayotini boshlamoqchi va oila qurmoqchi, umid qilamanki, ular aql bilan ish tutadi", — degan Sadir Japarov.

Qirg‘iziston prezidenti Marry Me uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli vertolyotdan foydalanilganiga ham munosabat bildirdi. Japarovga ko‘ra, vazirlik tasarrufida uchta yangi vertolyot bor, ulardan davlat ehtiyojlari uchun tijorat asosida foydalanishga ruxsat berilgan.

"Vertolyotlar ishlatilmasa, amal qilish muddati tugaganidan keyin ular parvozga yaroqsiz bo‘ladi. Shunday ekan, oddiy fuqaromi, tadbirkormi, sayyoh yoki investormi, vertolyot ijaraga olmoqchi bo‘lsa, xursand bo‘lamiz. Lizingdan olingan har bir tiyin davlatga tushadi va boshqa vertolyotlar sotib olish uchun ajratiladi. Shu tarzda samolyotlar parki yangilanadi. Agar bunday qilmasak, keyinroq, 2020 yildagi kabi mamlakatda birorta ham vertolyot qolmaydi. Hozir, baxtimizga, 20 ga yaqin vertolyotimiz bor", — degan Qirg‘iziston rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti jiyaniga qilingan dabdabali Marry me uchun uzr so‘radi
ePN