22:52 / 26.06.2024
398

Britaniya qirollik oilasida navbatdagi ko‘ngilsizlik yuz berdi

Britaniya qirollik oilasida navbatdagi ko‘ngilsizlik yuz berdi
Britaniya qiroli Charlz III ning singlisi malika Anna otdan yiqilishi natijasida miyasi chayqalib, xotirasi qisman yo‘qoldi. Bu haqda Daily Telegraph nashri xabar berdi.

Foto: Global Look Press
Aniqlik kiritilishicha, malika Anna otda kechki sayr chog‘ida jarohatlangan: u olgan bosh jarohatlari ularni otning tuyog‘i yoki boshidan zarba olganidan dalolat bergan. Biroq malikaning miyasi chayqalgani sababli voqeaning aniq tafsilotlarini hozircha aniqlab bo‘lmagan.

Shifokorlarga ko‘ra, Angliya qirolining 73 yoshli singlisi Bristol chekkasidagi Sautmed kasalxonasiga joylashtirilgan.

U asta-sekinlik bilan tuzalmoqda, deya shifokorlar ma’lum qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, malika Anna — ot sporti ishqibozi.

U bundan avval ham ko‘p marta ot bilan bog‘liq jarohatlar olgan. 1964 yilda, 14 yoshida, ot jilovi Annaning barmog‘ini sindirishiga bir baxya qolgan. 1973 yilda u Kiyevda bo‘lib o‘tgan chempionatda otdan yiqilib, musobaqani tark etishga majbur bo‘lgan. Ikki yil o‘tgach, 1975 yil aprel oyida uning Mardi Gras oti sakrash paytida uni Avon daryosiga uloqtirgan.

1976 yilda malika otda eng jiddiy jarohat olgan: Dorsetdagi poygada u otdan yiqilishi natijasida jonivor uni ezib tashlagan. Malika hushini yo‘qotgan, umurtqa pog‘onasi singan. Keyinchalik u yiqilish haqida hech narsani eslay olmasligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya qirollik oilasida navbatdagi ko‘ngilsizlik yuz berdi
ePN