09:48 / 27.06.2024
227

Xitoyda dunyodagi eng katta dengiz magistrali qurib bitkazildi (video)

Xitoyda dunyodagi eng katta dengiz magistrali qurib bitkazildi (video)
Foto: Xitoyning dunyodagi eng katta osma dengiz ko‘prigi / Peoples's Daily
Xitoy janubida dunyodagi eng katta dengiz magistral yo‘li qurib bitkazildi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Loyihani amalga oshirish uchun yetti yil va 1,5 milliard dollar mablag‘ ketgan. Magistral Shenchjen va Chjunshan shaharlarini bog‘laydi, bu orqali ular orasidagi yo‘l vaqti ikki soatdan yarim soatgacha qisqaradi. Bu, uzunligi 24 km bo‘lgan transport kompleksi bo‘lib, u dunyodagi eng katta osma dengiz ko‘prigi, ikkita sun’iy orol va sakkiz qatorli eng keng suvosti tunnelini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, butun magistral bo‘ylab 5G tarmog‘i ishlaydi.

Iyun oyida Xitoyning Guandun provinsiyasida dunyodagi eng kuchli shamol turbinasi qurilgandi. U yiliga taxminan 72 million kVt quvvat ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu 36 mingga yaqin uyni energiya bilan ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda dunyodagi eng katta dengiz magistrali qurib bitkazildi (video)