11:37 / 27.06.2024
256

Rossiyada poyezd relsdan chiqib ketdi (video)

Rossiyada poyezd relsdan chiqib ketdi (video)
Foto: “RIA Novosti”
Komi respublikasining Inta-1—Ugolniy uchastkasida 26 iyun kuni yo‘lovchi poyezdining 9 ta vagoni relsdan chiqib ketdi. Bu haqda Rossiya temiryo‘llari xabar berdi.

511-sonli Vorkuta — Novorossiysk poyezdining vagonlari relsdan chiqib ketgan. Mazkur uchastkada poyezdlar harakati to‘xtatilgan. TASS manbasiga ko‘ra, 70 kishi jarohat olgan. Favqulodda xizmatlardagi “Interfaks” manbasi esa 50 ga yaqin odam jarohatlanganini aytmoqda. Jabrlanganlarga asosan sinish, ko‘karish va miya jarohatlari tashxisi qo‘yilgan.

Foto: “RIA Novosti”
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Poyezdda jami 14 ta vagon va 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea joyiga ikkita qutqaruv poyezdi jo‘natilgan.

Vorkuta – Novorossiysk №511 poyezdi bilan sodir bo‘lgan hodisaning dastlabki sababi kuchli yog‘ingarchilik natijasida yo‘l poydevorini suv yuvib ketishi bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada poyezd relsdan chiqib ketdi (video)