16:20 / 28.06.2024
186

Isroil Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib bermoqchi

Isroil Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib bermoqchi
Foto: Getty Images
AQSH, Isroil va Ukraina Kiyevga sakkiztagacha Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda muzokaralardan xabardor manbalarga tayanib, Financial Times xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, kelishuv hali yakunlangani yo‘q, lekin katta ehtimol bilan u isroillik Patriot'larni avval AQSHga, u yerdan esa Ukrainaga jo‘natishni nazarda tutadi. Muzokaralar uch mamlakat vazirlari va boshqa yuqori martabali amaldorlari darajasida olib borilmoqda.

Aprel oyida Isroil hukumati 30 yildan oshgan sakkizta Patriot akkumulatorini ekspluatatsiyadan chiqarishini, ularni yanada ilg‘or tizimlarga almashtirishini aytgandi. Biroq Livanning “Hizbulloh” guruhi bilan ziddiyat keng ko‘lamli urushga aylanib ketishi mumkinligidan qo‘rqib, Isroil bu akkumulatorlarni hali xizmatdan olib tashlamagan.

Kiyevda kamida to‘rtta Patriot tizimi mavjud

Hozirda Ukrainada kamida to‘rtta Patriot tizimi mavjud bo‘lib, ular AQSH va Germaniya tomonidan yetkazib berilgan. Yangi ta’minotlar bo‘lsa, mamlakatning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada mustahkamlanadi. Ayni vaqtda Isroilning Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi uning Rossiya bilan munosabatlarida o‘zgarishlar yuz berishidan darak berishi mumkin.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev “qo‘shimcha Patriot tizimlarini olish uchun dunyoning turli mamlakatlari bilan hamkorlik qilishda davom etishini” aytgandi. Biroq u AQSH va Isroil ishtirokidagi muzokaralarni tasdiqlamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib bermoqchi