
Foto: Kommersant’
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin mamlakatda o‘lim jazosiga kiritilgan moratoriyni bekor qilish taklifi bilan chiqdi. Uning fikricha, «ba’zi hollarda» o‘lim jazosini qo‘llash joiz bo‘ladi.
«Menda baribir bu savol qayta-qayta paydo bo‘laveradi: nega qonunchiligimizda o‘lim jazosiga kiritilgan moratoriyni bekor qilmasligimiz kerak?», dedi Bastrikin Peterburg yoshlar yuridik forumida.
Rossiya bosh tergovchisi misol tariqasida «Krokus»da terakt sodir etganlarga o‘lim jazosini qo‘llash mumkinligini keltirdi. «Bu 15 kishi ko‘pi bilan bir umrlik qamoq jazosi oladi», degan Bastrikin.
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisiga ko‘ra, unga «ba’zi savodli huquqchilar» o‘lim jazosini qaytarish uchun referendum o‘tkazish kerakligini aytgan. Ammo Bastrikin o‘lim jazosini qaytarish uchun prezident farmonining o‘zi kifoya deb hisoblamoqda.
Rossiya TergovO‘lim JazosiMoratoriy BekorAleksandr BastrikinQonunchilikKrokus Terakt O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar