18:46 / 30.06.2024
228

Eronda prezidenlikka ikki nomzod saylovning keyingi bosqichiga o‘tdi

Eronda prezidenlikka ikki nomzod saylovning keyingi bosqichiga o‘tdi
Kollaj: “Azertag.az”
Eronda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini reformatorlardan Masud Pezeshkian va konservatorlardan Said Jaliliy qo‘lga kiritdi. Bu haqda Islom Respublikasi saylov shtabining vakili Mohsen Eslamiyga tayanib, Anadolu xabar berdi.

Saylovning birinchi bosqichi bo‘yicha ovozlarni sanash jarayoni yakunlandi. Mamlakat bo‘ylab ochilgan 59 ming saylov uchastkasida 24 million 535 ming 185 ta saylov byulleteni tarqatildi.

Saylov byulletenlari ko‘rib chiqilgach, Masud Pezeshkian 10 million 415 ming 191 ovoz to‘plab, 42,5 foizlik natija bilan yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Konservativ qanotdan nomzod Said Jaliliy esa 9 million 473 ming 298 nafar ovoz to‘plab, ovoz berishning birinchi bosqichini 38,6 foiz natija bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Shu tariqa, ular 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi. Ayni paytda Muhammad Bag‘ir G‘olibaf (parlament spikeri) 13,8 foiz bilan uchinchi, Mostafa Purmuhammadiy (sobiq adliya vaziri, diniy ulamo) esa 0,8 foiz ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Eslamining aytishicha, saylovda davomat 40 foizga yaqin bo‘lib, 1 million 56 ming 159 byulleten haqiqiy emas deb topilgan.

Masud Pezeshkiyan, 69 yosh

2008 yildan Majlis a’zosi (vitse-spiker ham bo‘lgan), saylovlarda reformatorlardan yagona vakil. Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri (2001–2005), kardiojarroh. U siyosiy faoliyatidan oldin besh yil davomida Tabriz tibbiyot fanlari universitetini boshqargan.

Foto: AFP
U 2021 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza bergan, biroq qatnashishga ruxsat etilmagan. Boshqa nomzodlarning pozitsiyalari Raisiy siyosatiga mos kelsa-da, Pezeshkian vaqti-vaqti bilan rasmiylarni tanqid qiladi va AQSH bilan munosabatlarni yaxshilash va ayollar erkinligi, jumladan, hijob o‘rash masalasida himoya qiladi.

Said Jaliliy, 58 yosh

Oyatulloh Xomanaiyning 2007 yildan beri Oliy milliy xavfsizlik kengashidagi vakili, shuningdek, parlament va Konstitutsiyani qo‘riqlash kengashi o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qiluvchi Siyosiy maqsadlarga muvofiqlikni aniqlash kengashida ham ishlaydi.

Foto: Getty Images
Mahmud Ahmadinejod prezident bo‘lgan (2005–2013) davrda u Oliy xavfsizlik kengashi kotibi va yadroviy masalalar bo‘yicha bosh muzokarachi edi. Jaliliy ikki marta — 2013 va 2021 yillarda prezidentlikka nomzodini qo‘ygan. Oxirgi marta Raisiy foydasiga nomzodini qaytarib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda prezidenlikka ikki nomzod saylovning keyingi bosqichiga o‘tdi