21:18 / 01.07.2024
318

Tramp qayta saylansa, uning “qasos olish” rejasi ma’lum bo‘ldi

Tramp qayta saylansa, uning “qasos olish” rejasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
Amerikaning sobiq rahbari Donald Tramp, agar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, ayrim yuqori martabali amaldorlarga qarshi tergov boshlaydi. Bu haqda uning sobiq bosh maslahatchisi Stiv Bannon xabar berdi.

"Bu umuman qasos emas", — deydi sobiq maslahatchi.

Bannonning qayd etishicha, ehtimoliy ro‘yxatga Federal tergov byurosi sobiq direktori vazifasini bajaruvchi Endryu Makkeyb, FTB sobiq direktori Jeyms Komi, sobiq mudofaa vaziri Mark Esper, shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining sobiq raisi Mark Milli va sobiq bosh prokuror Uilyam Barr kiradi. Uning fikricha, agar bu odamlar noqonuniy ish qilmagan bo‘lsa, xavotirga o‘rin yo‘q.

AQSHda prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Saylov poygasining asosiy raqiblari – amaldagi davlat rahbari demokrat Jo Bayden va sobiq Amerika yetakchisi respublikachi Tramp.

Avvalroq CNN telekanalida Tramp va Bayden o‘rtasida bir yarim soatlik debat bo‘lib o‘tgan edi. Demokrat prezident tarafdorlari hafsalasi pir bo‘lgan. Bayden og‘zaki duelda respublikachi siyosatchini mag‘lub eta olmagan. AQSH saylovoldi debatlari tomoshabinlarining uchdan ikki qismi sobiq prezident Donald Tramp raqibi Jo Baydendan ustun keldi, deb hisoblagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp qayta saylansa, uning “qasos olish” rejasi ma’lum bo‘ldi