00:26 / 02.07.2024
113

Ozarbayjon Armaniston bilan tinchlik shartnomasini tuzish shartini ma’lum qildi

Ozarbayjon Armaniston bilan tinchlik shartnomasini tuzish shartini ma’lum qildi
Foto: Shutterstock
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ma’lum qilishicha, Boku va Yerevan bir necha oy ichida tinchlik bitimining asosiy tamoyillarini tayyorlashni yakunlashi mumkin. Biroq siyosatchi aniq sanalarni ochiqlamagan.

"Boku va Yerevan tinchlik shartnomasi matni ustida hech bo‘lmaganda asosiy tamoyillar bo‘yicha bir necha oy ichida ishni yakunlashi mumkin", — deydi Aliyev.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar avval kelishuvning asosiy bandlarini tasdiqlaydilar, keyinroq esa tinchlik shartnomasi matnining qolgan qismi ustida ishlashni boshlaydilar. Shu bilan birga, Ozarbayjon rahbari kelishuvni imzolash Armaniston konstitutsiyasi o‘zgartirilgandan keyingina mumkinligini ta’kidlagan.

Aliyevga ko‘ra, qo‘shni davlatning asosiy qonunida Ozarbayjonga nisbatan hududiy da’volarga sabab bo‘ladigan bandlar bo‘lmasligi kerak.

Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik kelishuvi deyarli to‘liq tayyor ekanligini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, chegara delimitatsiyasi boshlanishiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel, Aliyev va Pashinyanning o‘zi bilan to‘rt tomonlama uchrashuvlar yordam bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarbayjon Armaniston bilan tinchlik shartnomasini tuzish shartini ma’lum qildi