12:03 / 03.07.2024
259

Oq uy Baydenning ruhiy salomatligi haqida bayonot berdi

Oq uy Baydenning ruhiy salomatligi haqida bayonot berdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Baydenning debatdan keyingi mag‘lubiyatidan so‘ng Oq uy prezidentning aqliy holati va kasalligi haqida kelib chiqqan mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Oq uy rasmiy vakili Jan-Perga ko‘ra, AQSH prezidenti debat chog‘ida shamollagan, biroq Tramp bilan uchrashishdan oldin hech qanday dori ichmagan.

U yallig‘lanishga qarshi dori ichmagan, bundan boshqa aytadigan gapim ham yo‘q”, — degan u.

Jan-Per prezidentning debatda mag‘lubiyatga uchrashini shamollash tufayli o‘zini yomon his qilgani bilan bog‘ladi.
AQSH prezidenti hali yallig‘lanishdan davo topgani yo‘q. Amerika yetakchisini davolovchi shifokor Kevin O‘Konnor debatni kuzatgan va Bayden bilan uchrashuv joyigacha borgan.

AQSHda prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Saylov poygasining asosiy raqiblari – amaldagi davlat rahbari demokrat Jo Bayden va sobiq Amerika yetakchisi respublikachi Tramp.

Avvalroq CNN telekanalida Tramp va Bayden o‘rtasida bir yarim soatlik debat bo‘lib o‘tgan edi. Amaldagi prezident og‘zaki duelda raqibini mag‘lub eta olmagan. Debat omoshabinlarining uchdan ikki qismi Tramp raqibi Baydendan ustun keldi, deb hisoblagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy Baydenning ruhiy salomatligi haqida bayonot berdi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru