14:11 / 03.07.2024
363

Olimlar chumolilar bir-birini operatsiya qila olishini aniqladi

Olimlar chumolilar bir-birini operatsiya qila olishini aniqladi
Illustrativ foto: Midjourney
Shveysariyaning Lozanna universiteti tadqiqotchilari chumolilar ham odamlar kabi yaqinlarini qutqarish uchun tibbiy muolajalarni amalga oshirishini aniqladi. Tegishli tadqiqot Current Biology jurnalida chop etildi.

Florida chumolilar (Camponotus floridanus) yaqinlarining tanasidagi yaralarni aniqlay olishi, ularni tozalash yoki amputatsiya orqali davolashga qodir. Bu orqali hasharotlarning omon qolish darajasi 95 foizga yetadi.

Ular bilan raqobatlasha oladigan yagona tibbiy tizim insondir”, — deydi tadqiqot mualliflari.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, chumolilarning yaralarni tanib olish va davolash qobiliyati tug‘ma bo‘lib, kuzatishlar davomida ular o‘rgatilgani bo‘yicha hech qanday dalil topilmagan.

Bungacha Megaponera analis turiga mansub afrikalik chumolilar bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan antiseptik moddasi yordamida yaqinlarining infeksiyalarni davolashga qodirligi aniqlangandi. Biroq floridalik chumolilarda bunday bezlar mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar chumolilar bir-birini operatsiya qila olishini aniqladi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru