23:21 / 03.07.2024
981

Amerikada Rossiya bilan urush haqida “ayanchli” bayonot berildi

Amerikada Rossiya bilan urush haqida “ayanchli” bayonot berildi
Foto: AFP
AQSH va Rossiya urushga bir qadam narida turibdi, deya AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Larri Jonson fikr bildirdi.

"Biz urushdan bir qadam naridamiz. Rossiya diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirishi, ular o‘z diplomatik xodimlarining ko‘p qismini Rossiyaga chaqirib olishi mumkinligi haqida allaqachon mish-mishlar mavjud. AQSH Rossiyaning mamlakatdagi elchixonasiga qarshi jazo choralarini allaqachon qo‘llagan", — deydi u.

Tahlilchi Amerika rasmiylari Nyu-York va Vashingtondagi Rossiya viza markazlarini yopganini esga olgan. Uning fikricha, bu amerikaliklarning Rossiyaga borishini imkon qadar qiyinlashtirish maqsadida qilingan.

Jonsonga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun hech qanday choralar ko‘rmayapti.

"Oxir-oqibatda ikki yadroviy davlat bir-birining bo‘g‘zidan olishi biz uchun muhimdir", — deya pichingli xulosa qilgan ekspert.

Avvalroq Moskva Shimoliy Atlantika ittifoqining hech bir davlatiga tahdid solmasligini, biroq uning manfaatlariga potensial xavfli bo‘lgan harakatlarni e’tiborsiz qoldirmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, u muloqot uchun ochiqligini eslatib, G‘arb Yevropani harbiylashtirish yo‘lidan voz kechishi kerakligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada Rossiya bilan urush haqida “ayanchli” bayonot berildi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru