Foto: Julia Kochetova/Bloomberg
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Bloomberg uchun bergan intervyusida RF prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomonidan tashkillashtiriladigan keyingi tinchlik sammitiga taklif qilinishi mumkinligini istisno etmadi.
Shu bilan birga, Zelenskiy agar Rossii va Ukraina muzokaralar stoliga o‘tirish yo‘lini topa olsa ham, Putin «yaqin vaqtlar ichida» unda ishtirok etishiga shubha qilishi, chunki rossiyaliklar prezidenti «kelishdan juda qo‘rqadi» deb hisoblashini aytgan.
Zelenskiyning fikricha, urush «Ukraina va butun dunyo uchun adolatli yakunlanishi» uchun AQSH va Xitoy «ixtiloflarni chetga surishi» va birgalikda vositachilik qilishi lozim.
Zelenskiy Xitoy urushni yakunlashda «jiddiy rol» o‘ynashi lozimligi, chunki Rossiya Xitoy eksport bozoriga qattiq qaram bo‘lib qolganini ta’kidlagan. Ukraina prezidenti Finlandiya prezidenti, 2 iyul kuni Bloomberg uchun bergan intervyusida «Rossiya hozirda Xitoyga har qachongidan ko‘ra qattiqroq qaramligi»ni, «XXR raisi Si Jinpingning birgina qo‘ng‘irog‘i Ukrainadagi inqirozni hal qilishi mumkinligi»ni aytgan Aleksandr Stubbaning fikrlariga qo‘shilishini bildirgan.
Shveysariyada 15-16 iyun kunlari Ukraina tashabbusi bilan tinchlik sammiti o‘tkazildi, unda Kiyev bandlari bajarilishi urushni yakunlash uchun zarur deb hisoblaydigan «tinchlik formulasi» muhokama qilindi. Sammitda 90 dan ortiq mamlakatlar vakillari ishtirok etgan, shu bilan birga unga Rossiya taklif etilmagan (shu tufayli, Xitoy ham unda qatnashishdan bosh tortgan). Uchrashuvdan keyin Zelenskiy bir necha oy o‘tib navbatdagi tinchlik sammiti o‘tkazilishini ma’lum qildi. Kreml Shveysariyadagi sammitni baholarkan, tinchlik sammiti natijasi «nolga yaqinligi»ni bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi