O‘rganilgan bakterial shtammlarning taxminan 20 foizi plastmassani parchalashi mumkin. Bakteriyalarning kutilmagan foydali xususiyati Leyden universitetining golland mikrobiologlari tomonidan aniqlandi.
Ularning tadqiqotlari Communications Biology jurnalida chop etildi.
Tadqiqot mualliflari mikroorganizmlar qulayroq energiya manbalaridan mahrum bo‘lsa, plastmassani oziq-ovqat sifatida iste’mol qilishga qayta yo‘naltirilishi mumkinligini aniqladilar.
Tadqiqotchilardan biri, PHD nomzodi Jo-Enn Verschorning so‘zlariga ko‘ra, bakteriyalar, xuddi odamlar kabi, motivatsiyasiz hech narsa qilmaydi. «Masalan, ko‘p odamlar yugurishni yoqtirmaydilar, lekin agar ularni yo‘lbars ta’qib qilsa, ular juda tez yugurishlari mumkin», deb tushuntirdi u.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, lipaz A deb ataladigan gen mikroorganizmlarning polimerlar bilan oziqlanishida muhim rol o‘ynaydi. Olimlarning fikricha, uning kashfiyoti plastik chiqindilar bilan kurashish uchun mos bo‘lgan bakteriyalar tarkibini kengaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi