Zimbabve 2026 yilning o‘rtalariga qadar AQSH dollaridan foydalanishdan butunlay voz kechadi, dedi mamlakat prezidenti Emmerson Mnangagva. Uning so‘zlaridan Daily Maverick iqtibos keltirmoqda.
Yaqin ikki yil ichida Zimbabveda yagona to‘lov vositasi yangi valyuta – Zimbabve oltini (ZiG) bo‘ladi. Bu dollarni milliy valyuta tizimidan asta-sekin siqib chiqaradi, dedi Mnangagva.
«Ikki yildan keyin biz ZiG butun mamlakat bo‘ylab tarqatilishini va do‘konlar xaridorlardan AQSH dollarini qabul qilishdan bosh tortishini ko‘ramiz», — deya xulosa qildi davlat rahbari.
Hozir mamlakatdagi barcha moliyaviy operatsiyalarning 80 foizi dollarda amalga oshirilmoqda.
ZiG Zimbabvening oxirgi 15 yil ichida dollardan xalos bo‘lish maqsadida mamlakatda joriy qilingan oltinchi milliy valyutasiga aylanadi. Rasmiylar giperinflyatsiya tufayli oldingi valyutalardan voz kechishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi