Foto: Populist
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya yetakchisi Vladimir Putin tinchlik e’lon qilayotgan bir vaqtda G‘arbda Uchinchi jahon urushiga yo‘l ochayotgan davlatlar borligini ma’lum qildi.
“Afsuski, G‘arbda Uchinchi jahon urushiga yo‘l ochuvchi yondashuvga amal qiladigan davlatlar va segmentlar mavjud. Shubhasiz, qurol-yarog‘ sotuvchilarga pul kerak. Qurol sotuvchilar bozori esa G‘arbdir”, dedi Erdo‘g‘on.
U Putin so‘nggi bayonotlarida tinchlikka yon bosayotganini ta’kidlagan. Erdo‘g‘on, shuningdek, Ukrainadagi mojaro tez fursatlarda yakunlanishiga umid bildirgan.
“Davom etamiz, voqealar rivojini kuzatib boryapmiz. Turkiya TIV rahbari va milliy mudofaa vaziri bu masalani kuzatmoqda. Umid qilamanki, qisqa vaqt ichida tinchlikka erishamiz”, deya xulosa qilgan Turkiya rahbari.
Avvalroq Turkiya TIV rahbari Xoqon Fidan, mamlakatning Ukrainada vositachilik qilishga tayyorligini va mojaroni tinch yo‘l bilan tezroq hal etish tarafdori ekanligini bildirgandi. Anqara ijobiy tajriba sifatida 2022 yil martida Istanbul muzokaralari va o‘sha yilning iyul oyida g‘alla bo‘yicha bitim tuzilganini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi