Faqatgina quyosh energiyasidan foydalanib parvozni amalga oshiruvchi Solar Impulse 2 samolyoti Abu-Dabidagi Al-Batin aeroportidan 9 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:12 da tarixda birinchi marta dunyo bo‘ylab sayohatga uchib ketdi.
Samolyotning havoga ko‘tarilish lavhalari Sky News Arabia telekanali orqali jonli namoyish qilindi. Samolyot dastlab Ummon poytaxti Maskatga yo‘l oldi hamda shu kunning o‘zida shu erda birinchi qo‘nishini amalga oshiradi.
“Bu BAA uchun juda katta yutuq bo‘ldi”, deb aytdi parvozda ishtirok etganlardan biri doktor Ahmad ibn al-Hovul.
Samolyotni Dassault Systemes loyihalovchi kompaniyasi ishlab chiqqan.
Solar Impulse 2 samolyoti o‘tgan yilning aprelida ommaga namoyish qilingandi va iyun oyida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgandi. Samolyot qanotlarining umumiy uzunligi 72 metrni, og‘irligi 2,3 tonnani tashkil qiladi. Samolyotning yaxlit qilib ishlangan qanoti 17,2 ming dona quyosh batareyalari bilan qoplangan. Bu batareyalar uchish qurilmasining elektromotorlarini quvvatlab turadi. Samolyotning maksimal uchish tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, samolyot istalgan ob-havo sharoitida uchish, shu jumladan bulutli hududlarni kesib o‘tish uchun ham mo‘ljallangan. Samolyot o‘zining oldingi modelidan farqli ravishda, turbulentlik hududlarini ham kesib o‘ta oladi.
Solar Impulse 2 samolyotining oldingi modeli Solar Impulse quyosh batareyasida uchuvchi samolyotlar orasida birinchi bo‘lib 2010 yilning 7 aprelida uzoq masofaga parvozni amalga oshirgan edi. O‘shanda samolyot havoda taxminan 75 daqiqa parvoz qilgan.
2012 yilda bu samolyot Shveysariyadan Marokkashga tomon 2,5 ming km lik qit’alararo parvozni ikki bosqichda amalga oshirgan. Bu samolyot 2013 yilda to‘xtashlarsiz 26 soat davomida o‘zi uchun rekord darajadagi 1,5 ming kilometrlik masofani bosib o‘tgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi