20:00 / 06.07.2024
114

Haker qariyb 10 mlrd sizdirilgan parollar arxivini tarmoqqa joyladi

Haker qariyb 10 mlrd sizdirilgan parollar arxivini tarmoqqa joyladi
Foto: AP
Cybernews nashri ma’lumotiga ko‘ra, sizdirilgan parollar 4 iyulda, AQSH mustaqilligi kunida forumga ObamaCare nomli foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan. U bungacha faqat kamroq hajmdagi sizdirilgan parollarni yuklab kelgan.

Yangi faylda esa naq 9 948 575 739 ta unikal parol mavjud. Ta’kidlanishicha, faylda avval sizdirilgan parollar ham, yangilari ham bor. Taxminlar ushbu parollar so‘nggi 20 yil ichida 4000 dan ortiq sizdirilgan ma’lumotlar bazasini o‘zida jamlagan.

Mutaxassislar bu parollardan yaxshi himoyalanmagan tizimlarga hakerlik hujumlari qilishda foydalanish mumkinligini aytmoqda.

Bungacha eng ko‘p sizdirilgan parollar miqdori 8,5 milliardga teng edi va u 2021 yilda e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Haker qariyb 10 mlrd sizdirilgan parollar arxivini tarmoqqa joyladi