20:26 / 06.07.2024
189

Ilon Mask: “AQSHda anchadan beri haqiqiy prezident yo‘q”

Ilon Mask: “AQSHda anchadan beri haqiqiy prezident yo‘q”
Foto: Google Images
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida anchadan beri AQSHda haqiqiy prezident yo‘qligi haqida yozdi.

Amerikaning The New York Times gazetasining “AQSHga prezident kerakmi?” sarlavhali maqolasiga u shunday munosabat bildirdi.

Yaxshi savol, chunki bizda anchadan beri haqiqiy prezident bo‘lmagani aniq”, deya izoh berdi Mask.

Maqola muallifining qayd etishicha, amaldagi prezident Jo Baydenning bu lavozimni davom ettirishga tayyorligiga ishonch tumandek tarqalmoqda. Shu bilan birga, uning ba’zi himoyachilari mamlakatni bir kishi emas, balki prezidentning butun jamoasi boshqaradi, deb ta’kidlaydi materialda.

Amerika nashrlari Bayden 28 iyunga o‘tar kechasi Atlantada respublikachi Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan birinchi debatda yomon natija ko‘rsatganiga qo‘shiladi. Ularga ko‘ra, AQSHning amaldagi prezidenti duduqlanib, to‘xtab qolgan, fikrlarini aniq bayon qilolmagan va debatdan keyin telekamera Baydenning rafiqasi Jill unga zinadan tushishiga yordam bergan lahzani tasvirga olgan.

Hozir siyosatchilar va jurnalistlar demokratlar Bayden nomzodini ko‘rsatishdan bosh tortib, uning o‘rniga boshqa nomzodni qo‘yishi mumkinligini aytmoqda. Nazariy jihatdan partiya avgustdagi qurultoyda shunday imkoniyatga ega bo‘ladi, biroq amalda birlamchi saylovda g‘alaba qozongan Baydenning o‘zi ishtirok etishdan bosh tortmasa, uni poygadan chetlashtirish qiyin. Shu bilan birga, amaldagi prezidentning shtab-kvartirasi u taslim bo‘lib, poygadan chiqmoqchi emasligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask: “AQSHda anchadan beri haqiqiy prezident yo‘q”