XXR ning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash siyosati JST qoidalariga zid kelmaydi. Xitoy tomoni mazkur masalada AQShning JST ga arz topshirganidan afsus bildirib, o‘zaro kelishmovchiliklarni hal etish qoidalariga mos ravishda harakat qilishini bildirgan. Bu haqda, XXR tijorat vazirligi xabarida so‘z yuritilgan, deyiladi .
13 sentyabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama ma’lum qilganidek, uning ma’muriyati Jahon savdo tashkilotiga Xitoy ustidan ariza topshirgan. Vashington fikricha, XXR bug‘doy, makkajo‘xori va sholi narxlariga subsidiya ajratmoqda.
"Xitoy tomoni AQSh ning JST ga murojaatidan afsusini bildirib, tortishuvlarni hal etish qoidalariga muvofiq holda zaruriy choralarni ko‘radi va Xitoyning savdo hamda qishloq xo‘jaligi manfaatlarini faol himoya qiladi", — deyiladi ma’muriyat bayonotida.
Xitoy savdo ma’muriyatlari JST qoidalariga zid faoliyat yuritmaydi.
Tijorat vazirligida ta’kidlashlaricha, Xitoy tomoni JST qoidalarini hurmat qilgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Ayni qoidalar asosida mamlakat qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.
AQSh ga ko‘ra, Xitoy bug‘doy, makkajo‘xori va sholi narxini bozordagidan birmuncha yuqoriroq belgilagan. Bu esa, JST talabiga mos kelmaydi. Shunga ko‘ra, "adolatsiz o‘rnatilgan narxlar Xitoyda bu mahsulotlarni ko‘p ishlab chiqarishga olib keladi. Bu esa, mazkur mahsulotlarni eksport qiluvchi amerikalik fermerlarning manfaatlariga ziddir". “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi