23:00 / 07.07.2024
252

NATOdagilar Bayden Trampni yenga olmasligidan xavotirda

NATOdagilar Bayden Trampni yenga olmasligidan xavotirda
Tramp va Baydenning teledebati. Foto: Mike Blake / REUTERS
AQSHning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Bayden ancha qarib qolgani, salomatligi ham yaxshi emasligi tufayli Donald Trampni prezidentlik saylovlarida yuta olmasligidan o‘z xavotirlarini bildirishgan, deb yozadi Politico nashri.

NATO davlatlaridagi diplomatlar va yetakchilar AQSH prezidenti Jo Baydenning keksa yoshi va salomatligi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp ustidan g‘alaba qozonish uchun xalaqit berishi mumkinligidan o‘z tashvishlarini bildirishgan.

Bu haqda, jurnalistlari so‘nggi bir oy davomida Shimoliy Atlantika alyansi bilan bog‘liq bo‘lgan 20 nafar rasmiy shaxslar bilan Baydenning Oq uyda qolish istiqbollari borasida suhbatlashgan Politico nashri 7 iyul yakshanba kuni yozib chiqdi.

Nashrning qayd etishicha, suhbatdoshlarning deyarli barchasi Baydenning qayta saylanishini yoqlaydi va Donald Trampning qayta prezidentlik lavozimini egallashi NATOning zarariga ishlashi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash ishlarini barbod qilishini ta’kidlagan. Biroq ularni Baydenning yaqinda bo‘lib o‘tgan teledebatlardagi chiqishidan so‘ng xavotir chulg‘ab olgan va Trampni yengish uchun Bayden ojizlik qilishi mumkinligidan cho‘chishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATOdagilar Bayden Trampni yenga olmasligidan xavotirda
ePN